Get Mystery Box with random crypto!

AOS to'lovchilari uchun qat'iy belgilangan stavkadagi soliqlar | "UTIS TAX COM" - Tax consulting. Soliq maslahati. Налоговое консультирование.

AOS to'lovchilari uchun qat'iy belgilangan stavkadagi soliqlar o'z vaqtida hisoblanmayapti ("начисление" qilinmayapti).

Yangi normaga ko'ra soliq to'lashning ushbu rejimiga o'tgan soliq to'lovchilar AOS bo'yicha oylik hisobot topshirishlari shart emas edi. Hisob-kitoblar soliq organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan edi.

Shunga qaramay, ilova qilingan rasmda ko'rib turganingizdek, 2023-yil yanvar oyi uchun soliq to'lovchining shaxsiy hisobvarag'iga 2 500 000 so'm miqdorida qat'iy belgilangan stavkada AOS solig'i hisoblangan va soliq to'langan. Biroq, bugun, 2023-yil 17-mart holatiga fevral oyi uchun tegishli soliq summasi haligacha hisoblanmagan. Bu esa korxona tomonidan soliq to'lashni kechiktirilishiga olib kelyapti.

Ushbu holatga soliq organlari e'tibor qaratishlarini va bu anglashilmovchilikka aniqlik kiritishlarini so'ragan bo'lar edik.

Kanalga a'zo bo'ling. Do'stlaringizga ham ulashing.

"UTIS TAX COM" - ishonchli soliq maslahati!

@utistaxcom - hamkorlik uchun.
@utistaxcom_bot - savollar uchun.