Get Mystery Box with random crypto!

​​“Oʻzbek bilan Qoraqalpoq – et bilan tirnoq” Oʻtmishdan Oʻzb | UTF on-line

​​“Oʻzbek bilan Qoraqalpoq – et bilan tirnoq”

Oʻtmishdan Oʻzbekiston deb atalgan bu muqaddas zaminda oʻzbek va  qoraqalpoq ajdodlarimiz ot surib oʻtganlar. Serhosil dalalarda chorva boqqanlar, dehqonchilik qilganlar.

Ona tuproqni bobolarimiz yonma-yon turib himoya qilganlar, asraganlar, avaylaganlar. Binobarin, bizning tariximiz ham, taqdirimiz ham birlashib ketgan va bu Alloh taolo bergan azaliy va abadiy nasibamizdir.

Qoraqalpoq va oʻzbek hamisha bir-birlariga ogʻa-ini, quda-qudagʻay boʻlganlar, hozir ham yagona oila farzandlari kabi totuv hayot kechirmoqdalar. Xalqlarimiz orasidagi bu doʻstlik va ahillikni benihoya qadrlaymiz. Aslida eng katta qudratimiz va shaʼn-shavkatimiz manbai ham ahilligimizda.

Hech kimga sir emas, Nukus shahrida ayrim fitnachi kimsalar yoshlarimizni oʻz igʻvolari domiga tortish yoʻli bilan qora niyatlarini amalga oshirishga intilmoqdalar. Bunga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Buning uchun barcha hushyor boʻlishi zarur. Moʻtabar ota-onalarimiz, ulugʻlarimiz, mahalla oqsoqollarimizning bu ishda koʻmagi beqiyos boʻlishi lozim.

Siz azizlar bilan, mehnatkash Qoraqalpogʻiston eli bilan qoʻlni qoʻlga berib, ahillik va ogʻzibirchilikda boʻlaylik. 
Barchamiz ogʻir-vazmin boʻlib, yurtimiz tinchligini asrab-avaylaylik.