Get Mystery Box with random crypto!

'Haftaning muhim voqealari' rukni yana sizlar bilan Keling, | Toshkent amaliy fanlar universiteti

"Haftaning muhim voqealari" rukni yana sizlar bilan

Keling, birgalikda soʻnggi kunlarda universitetimizda roʻy bergan eng muhim voqealarga nazar solaylik.

Pedagogika fakultetida "Harakat oʻyinlari" musobaqalari tashkillashtirildi.

28-mart kuni Pedagogika fakulteti Navroʻzni nishonladi. Tadbir mehmonlari orasida universitetning yetakchi xodimlari, shuningdek, Oʻzbekistonning taniqli fan va sanʼat namoyandalari ham bor edi.

Kitobxonlik xaftasi munosabati bilan universitetimiz ustoz va talabalari ishtirokida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

3-aprel kuni "Tarix va filologiya" fakultetining 40 nafar talabasi ishtirokida adabiy-maʼrifiy va sport tadbirlarini oʻtkazdik. Bu tadbir Oybekning hayoti va ijodiga bagʻishlangan edi.

"Boshlangʻich taʼlim nazariyasi va metodikasi" kafedrasi oʻqituvchisi Steam oʻquv dasturi usullaridan foydalangan holda ochiq dars oʻtkazdi.

Kitobxonlik xaftasi boshlandi. Taʼlim muassasalari rahbarlari, oʻqituvchi va talabalar media-hamkorlar koʻmagida ijtimoiy aksiyalar, kitob festivallari va boshqa tadbirlarda qatnashmoqda.