Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universitetida “Kitob — beminnat ustoz” | Toshkent amaliy fanlar universiteti

Toshkent amaliy fanlar universitetida “Kitob — beminnat ustoz” deb nomlangan kitobxonlik haftaligi boshlandi

Ushbu haftalikda universitet rahbariyati, o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etmoqda. Kitobxonlik haftaligi tadbirida yuzdan ziyod adabiy-badiiy kitoblar yarmarkasi ham tashkil etildi.

Bunday yarmarkalarni o‘tkazish orqali Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash mavzularidagi adabiyotlar bilan yoshlarimizni yaqindan tanishtirishni maqsad qilganmiz.