Get Mystery Box with random crypto!

Iste’dodli talabalarimiz bilan tanishtirishda davom etamiz | Toshkent amaliy fanlar universiteti

Iste’dodli talabalarimiz bilan tanishtirishda davom etamiz

Nurullayeva Nargiza — matematika va informatika fakulteti talabasi. Uning o‘z faniga bo‘lgan qiziqishidan tashqari, boshqa ko‘plab sevimli mashg‘ulotlari ham bor.

Nargiza sayohat qilishni, shirinliklar pishirishni va K-pop yo‘nalishidagi qo‘shiqlar tinglashni yoqtiradi. Sport ham uning jon-dili bo‘lib, karate va voleybol bilan shug‘ullanadi

Nargizaning hayotdagi shiori — hech qachon taslim bo‘lmaslik. Shuning uchun u magistratura va doktoranturani tugatib, ajoyib ustoz bo‘lish uchun astoydil IELTS imtihoniga tayyorlanmoqda.

Sizning hayotdagi shioringiz nima?