Get Mystery Box with random crypto!

Farzand tarbiyasi haqida umuman ilmimiz yo‘q! 7 yoshli bolag | SUPER PEDAGOG

Farzand tarbiyasi haqida umuman ilmimiz yo‘q!

7 yoshli bolaga dars berish uchun kamida 4 yil universitetda o‘qigan bo‘lishi kerak.

Kichkina go‘dakni o‘stirayotgan, tarbiya qilayotgan onalar hech qayerda o‘qimaydi. Ketma-ket 5 bolani katta qilayotgan onaning bola psixologiyasidan habari yuq. Bu holatda aytingchi jamiyatimizga qanday bolalar yetishib chiqadi?

Farzand go‘yo oq qog‘ozga o‘xshaydi. Uni yaxshi yozuvlar bilan to‘ldirish ota-ona bilan ustozning vazifasi.

Farzandingizni moddiy neʼmatlarga ko‘mib tashlashingiz mumkin, lekin bularning hech qaysisi farzandning yetuk inson bo‘lishiga kifoya qilmaydi. Chiroyli tarbiya berish ota-onaning farzand oldidagi burchlaridandir. Bu haqni ado etish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, insondan katta mas‘uliyat, mashaqqat talab qiladi.

Shuni unutmangki farzandni boshqattan ulg‘aytirishning ilojisi yoʻq. Shunday ekan onalarimiz bilimli bo‘lishlari shart.