Get Mystery Box with random crypto!

Kreped.uz Natijalar | Ustozlarimiz fikr va natijalari

Telegram kanalining logotibi ustozlar_fikri — Kreped.uz Natijalar | Ustozlarimiz fikr va natijalari K
Telegram kanalining logotibi ustozlar_fikri — Kreped.uz Natijalar | Ustozlarimiz fikr va natijalari
Kanal manzili: @ustozlar_fikri
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 781

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 15

2022-05-26 00:34:06 Рахмат админлар мен сизлардан жуда миннатдорман.Доимо сог саломат булинглар.Биз педагогларга янгиликлардан хабардор килиб турганларингиз учун сизларга катта рахмат айтмокчиман.
453 views21:34
Ochish/sharhlash
2022-05-22 20:13:24 Assalomu alaykum ,,kreativ pedagog "onlayn kursi jamoalari men 031 guruhda tahsil olganimdan juda ham mamnunman Menga bu loyihada asosan psixologik jihatdan yondashilgani + o'quvchilar bilan ishlash jarayoni... Xullas hamma hammasi ma'qul bo'ldi Yurtimizda kreativ pedagoglar ko'payishiga albatta hissa qo'shaman. Barchaga omad tilayman. Rahmat barchasi uchun
555 views17:13
Ochish/sharhlash
2022-05-19 13:21:38 Assalomu aleykum Kreativ pedagog jamoasi!
Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda taʼlim sohasiga qoʻyilayotgan talablar ham ortib bormoqda.Bu esa biz oʻqituvchilarning zimmamizga yanada masʼuliyat yuklaydi. Samarali dars oʻtish uchun turli xil metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi.Sizlar tomoningizdan tashkil etilgan kursda butunlay yangicha metodlar,texnologiyalar va motivatsiyalar biz oʻqitivchilar uchun juda katta mahorat maktabi vazifasini oʻtadi.Deyarli barcha metodlar har qaysi mutahasis yaʼni xar qaysi fanlarga birdek mos kelishi esa biz oʻqituvchilarga maqul keldi.
Kelgusida birgalikda yangi metodlar va innovatsiyalarni kutib qolamiz.Allohim xamisha ishlaringizni rivojini bersin,bardavom boʻlsin.
4.6K views10:21
Ochish/sharhlash
2022-05-18 20:30:20 Assalomu alaykum Kreativ pedagog kursi jamoasi katta rahmat sizlarga! Kursda o'rganganlarimni darslarimda qo'llab boshladim va o'quvchilarimni yanada faol bo'lganligini guvohi bo'ldim.
578 views17:30
Ochish/sharhlash
2022-05-18 17:06:07 Guruh menga juda yoqdi Kurs onlayn bo'lsa ham manfaatli va har bir o'qituvchi uchin zarur O'qituvchida o'ziga ishonch hissini oshiradi Ishlarizga omad tavsiyslar juda ham yo'qdi O'zbekistonnin barcha o'qotuvchilarini ushbu kurslarda o'qishlarini istardim
555 views14:06
Ochish/sharhlash
2022-05-18 16:17:01
18. 05. 2022-yil

Bugun "Kreativ Pedagog" oilasining 031-guruh bitiruvchilari Kursni muvaffaqiyatli yakunlashdi

15-apreldan 17-mayga qadar 1 oy davomida "Kreativ Pedagog" kursini 031-guruhimiz tugatishdi va Bonus va Sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. Ushbu guruh bitiruvchilariga qo'shimcha bonus kitobchamiz ham qo'shib berildi

Biz ustozlarimizni keyingi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz. Doimo olg'a intilish, yuksak marralar tomon dadil qadam qo'ymoqlikni tilab qolamiz.

"Kreativ Pedagog" - bu yuksalishni istagan haqiqiy lider pedagoglar maktabi!

@Krepeduz - Elita o'qituvchilar qatlami!
525 views13:17
Ochish/sharhlash
2022-05-18 13:04:35 Assalomu alaykum,,Kreativ Pedagog"loyihasi jamoasi!Men 22 yillik tajribaga ega ustozman.Bu kursda Men juda ko'p metodlarni o'rgandim.Beshikdan qabrgacha ilm izla deb bejizga aytishmagan.Kurs davomida men o'z ustimda yana ham ko'proq ishlashga, o'quvchilarni darsga qiziqtirish yo'llarini o'rgandim.Har bir darsni ertasiga sizdan o'rgangan metodlarni qo'llashga harakat qildim .Juda yaxshi natijalarga erishdim.Bonus sifatida berilgan sinf o'yinlari ham o'quvchilarni darsda zerikmaslikka fanga bo'lgan qiziqishlari,diqqatlarini darsga qaratishga undaydigan o'yinlar ekan.Bu uchun sizga va jamoangizga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Xalq faravonligi yo'lida,ta'lim sifatini yanada oshirishda xizmat qilishda charchamang.Illohim O'zbekistonimiz ta'lim berishda rivojlangan davlatlar orasida yuksak o'rinlardan turishda tilakdoshman. Safingiz yanada ko'paysin!
Surxandaryo viloyati Termiz Shahar 6 sonli o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Dildora Kasimova.
428 views10:04
Ochish/sharhlash
2022-05-16 16:12:05 Assalomu alaykum yaxshimisizlar ishlaringizga omad bersin hamisha ta'lim sohasiga shunaqa yangiliklar bilan biz ustozlar bilimini oshirishdan charchamanglar.
Barcha jamoa a'zolariga rahmat juda ko'p narsalarni o'rgandim.O'quvchilarimdagi o'zgarishni ayting.Kelgusi yildan boshqacha shijoat bilan ish boshlayman inshaolloh. Yana sizlarga rahmat.
458 views13:12
Ochish/sharhlash
2022-05-16 16:08:37 Assalomu alaykum Kreativ Pedagog kursini tashkil qilgan hurmatli fidoiylari. Men 1 oy davomida berib borilgan o'qituvchilar uchun nafaqat dars jarayonida balki o'z mustaqil hayotda ham qo'llanadigan va amal qilishimiz kerak bo'lgan tavsiya va motivatsiyalar uchun kurs ijodkorlariga minnatdorchilik bildiraman va kelajakda yutuqlarga erishmoqchi bo'lgan barcha ustozlarga ushbu kursda bilim olib, o'z ustida ishlashlari lozim deb o'ylayman.Men har kuni darslarimni shu tavsiyalar asosida tashkil qilyapman. O'quvchilarim ham darslarda juda aktiv qatnashyaptilar. Hammasi uchun katta rahmat.Savob qilishdan charchamanglar!
422 views13:08
Ochish/sharhlash
2022-05-16 14:24:16 Assalomu alaykum.
Men "Kreativ Pedagog" kanalini bir yildan beri kuzatib borardim, lekin gurugda o'qimas edim. Qarasam, darslari juda qiziqarli bo'layotganini ko'rdim. Qiziqishim va kasbimga bo'lgan shijoatim, guruhga qo'shilib, yangi-yangi metodlarni va ta'limiy o'yinlarni o'rganishga undadi.Mana, guruhga qo'shildim va o'qidim. Darsimda o'rgangan yangi metodlardan foydalanib, darslarni qiziqarli tashkil eta olyapman. Barcha hamkasblarimga ham "Kreativ Pedagog" guruhida o'qib, o'z bilimlarini oshirishlarini maslahat bergan bo'lardim. Guruhda darslarni tashkil etgan tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ishlaringizga omad. Ta'limdagi har qanday yangiliklarni bizday o'qituvchilarga yetkazishdan charchamanglar.
411 views11:24
Ochish/sharhlash