Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar diqqatiga! 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy t | UstozAnd XTB Расмий канал

Abituriyentlar diqqatiga!

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

-smena 07:00 dan 10:00 ga qadar;
-smena 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

TEST SINOVLARI BO‘LIB O‘TADIGAN HUDUDGA KIRISH;
1-smenada 6:45 dan
2-smenada 18:45 dan TO‘XTATILADI
!

Test sinovlari Andijon viloyatida abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 13 kun davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi” va shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) olib kelishlari zarur.