Get Mystery Box with random crypto!

Qudrat yaratguvchi qõlida Qudrat yaratguvchi qõlida jamdur Un | Ustoz shaxsiy kundaligi👨‍🎓👩‍🎓👨‍💻👩‍💼👨‍💼



Qudrat yaratguvchi qõlida

Qudrat yaratguvchi qõlida jamdur
Uning hohishila yaralgan ochun.
Osmonlar gumbazi, borliq jamolin
Yaratgan Ollohga malomat nechun.

Qudrat yaratguvchi qõlida jamdur
Õn sakkiz ming olam butun xilqati.
Olloh istagidir borliq, odamzot
Jannat ziynatidir, yuksak hurmati.

Qudrat yaratguvchi qõlida jamdur
Buni anglayolmas ba'zi nodonlar.
Buyuk kashfiyotchi bõlgan Ollohning
Ixtirosi erur hatto insonlar.


Rasulov Azizjon

https://t.me/sanjar_sirojiddin