Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun b | USSD Mobile | Rasmiy kanal

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun bilan tabriklaymiz!

1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunga muvofiq matn va musiqa tasdiqlandi. Taniqli bastakor Mutal Burxonov tomonidan O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov she’rlariga yaratilgan musiqa mustaqil O‘zbekistonning ovozidek butun dunyoga yangradi.

Madhiyamizning har bir so‘zida xalqimizning asriy orzu-intilishlari, yorug‘ umidlari va ertangi kunga bo‘lgan qat’iy ishonchi mujassam, madhiyamiz musiqasi mahobatli, milliy ruhni ifodalaydi. O‘zini shu xalqning, shu yurtning bir bo‘lagi deb bilgan har bir inson madhiyani tinglab, undan kuch olib, el-yurtga cheksiz mehr-muhabbatni his qiladi, Vatanga fidokorona xizmat qilishga qasamyod qiladi.

Madhiya xalqimizning ezgu orzu-intilishlarini, ertangi kunga mustahkam ishonchini ifodalaydi, milliy an’ana va qadriyatlarimizni ulug‘laydi.