Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum, qani boshladik! Jamoamiz bilan xalqqa qand | Use Farosat

Assalomu alaykum, qani boshladik!

Jamoamiz bilan xalqqa qanday mavzuda faoliyat olib borsak foydali bo'lishini o'ylab farosatda to'xtadik.

"Hech narsani o'rgatmasang ham, farosatni o'rgat" maqoli bejizga aytilmaganiga, atrofimizda juda ko'p oddiy vaziyatlarda aqlimiz boru, farosatimiz yo'qligi sabab bir-birimizga ozor, harakatimiz orqali kimnidur bilmay g'ashiga tegamiz. Yoki bir ishni yanada yaxshiroq qilishni iloji bo'lgan joyda, bizga qanday o'rgatilgan bo'lsa shunday bajaramiz.

Mana shu kichik bo'lsada, ta'siri katta bo'lgan mavzuni Alloh iroda qilgancha sizlarga yoritib berishga harakat qilamiz. Sizlar qiladigan yagona ish, siz uchun manfaatli bo'lgan har qanday ma'lumotni boshqalarga ulashishdir.

Zero, bizni ishdan sizga foyda bo'lgan bo'lsa, sizni bu ishingizdan nafaqat bizga, balki xalqimizni kelajakdagi munosabatlariga katta foyda bo'lgan bo'lardi.