Get Mystery Box with random crypto!

Urgutda gaz, Paxtachida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangan ko | URGUT ONLINE ⛰🦅

Urgutda gaz, Paxtachida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangan korxona egalariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi GTF Samarqand filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro L.S. Urgut erkin iqtisodiy zonasiga tegishli hududda ohak pishirish pechlari va isitish tizimini gaz quvuriga yashirincha ulab, 729,9 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Paxtachi tumani bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro K.E. xonadonidagi yashirin sexda elektr pechlarni elektr tarmog‘iga ulab, 430,2 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

@UrgutOnline