Get Mystery Box with random crypto!

Munosabat: Yetakchi tomonidan yo'l qo'yilgan xatolik bartaraf | URGUT ONLINE ⛰🦅

Munosabat:
Yetakchi tomonidan yo'l qo'yilgan xatolik bartaraf etildi


Samarqand viloyati Urgut tumani Jartepa mahallasida yashovchi Umar Husanov tomonidan deputat Rasul Kusherbayevga "Nomimga ajratilgan yerni topib berishsin" sarlavhasi ostida o'zining "Yoshlar daftari"ga kirgan bo'lsada, hech qanday yordam berilmasdan sababsiz chiqarib yuborilganligi haqidagi murojaat bilan chiqgan edi.

Mazkur holat Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi mas'ullari tomonidan borib o'rganildi. Natijada Urgut tumani Jartepa mahallasi yoshlar yetakchisi texnik xatolik sababli, platformadan chiqarib yuborilganligi aniqlandi. Fuqaro Motokultivator so‘rab kirganligi bois, fuqaroga Motokultivator berilib, murojaat ijobiy hal qilindi.

@UrgutOnline