Get Mystery Box with random crypto!

CHOSHTEPA MAHALLASIDA YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI DAVOM ETTIRI | URGUT ONLINE ⛰🦅

CHOSHTEPA MAHALLASIDA YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI DAVOM ETTIRILMOQDA

Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari bo‘yicha tanlab olingan mahalla hamda qishloqlarda yashovchi aholiga qulay shart-sharoitlarni yaratish, xususan, elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida rekonstruksiya ishlari davom ettirilmoqda.

Urgut tumanidagi Choshtepa mahallasida ham mazkur dasturlar doirasida 2.7 km uzunlikda elektr uzatish tarmog‘i tortish, 61 dona temir beton tayanchlari hamda 1 ta transformator punkti o‘rnatish rejalashtirilgan.

Ayni damda tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari hududda o‘rnatilgan temir beton tayanchlariga SIP kabellarini tortish ishlarini olib borishmoqda.

@UrgutOnline