Get Mystery Box with random crypto!

Oromgohlarda mavsum oldi o‘rganish ishlari davom etmoqda Sama | URGUT ONLINE ⛰🦅

Oromgohlarda mavsum oldi o‘rganish ishlari davom etmoqda

Samarqand viloyati FVB xodimlari tomonidan Urgut tumanida joyladhgan ''Do‘stlik'' va ''Bahora'' yozgi bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida mavsum oldi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mavsumni xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘zdan kechirilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mavsum davomida ko‘ngilsiz holatlar sodir bo‘lmasligi, yong‘in xavfsizligi, cho‘milish qoidalari va boshqa xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

@UrgutOnline