Get Mystery Box with random crypto!

Qishki “perevod” uchun arizalar qabul qilish boshlandi O‘qish | Urgut NEWS | rasmiy

Qishki “perevod” uchun arizalar qabul qilish boshlandi

O‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish boshlandi. Arizalar 20 dekabridan 20 yanvarga qadar qabul qilinadi.

Qishki “perevod”ga faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat beriladi:

Talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun;

Davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari;
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Qo’shling
https://t.me/+Vr0Y25IOpqsyNmJi