Get Mystery Box with random crypto!

Payariqda soxta yem sotuvchisining firibgarligi fosh etildi P | Urgut NEWS | rasmiy

Payariqda soxta yem sotuvchisining firibgarligi fosh etildi

Payariq tumanida yashovchi 29 yoshli B.M. hamda 32 yoshli R.M. IIBga ariza bilan murojaat qilib, “Telegram”dagi “Payariq” nomli guruhda noma’lum shaxs o‘zini kunjara yem sotish bilan shug‘ullanishini aytib ularning ishonchiga kirgani, bank kartasiga jami 4,7 mln so‘m pullarni o‘tkazib olganidan so‘ng, telefon raqamini o‘chirib qo‘yganini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Payariq tumanida yashovchi 36 yoshli N.Sh. sodir etgani aniqlangan. Jinoyat sodir etgan N.Sh.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, N.Sh. sodir etgan jinoiy harakatlari uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Qo’shling
https://t.me/+Vr0Y25IOpqsyNmJi