Get Mystery Box with random crypto!

Qaysi sportchilarga oʻqishga kirishda ijodiy imtihonda maksima | @urgut_urgutliklar

Qaysi sportchilarga oʻqishga kirishda ijodiy imtihonda maksimal ball koʻrinishidagi imtiyoz berilishi tasdiqlandi

Prezident qaroriga ko‘ra, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida 2023/2024 oʻquv yilidan quyidagilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi:

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi faxriy unvoniga ega sportchilar;
Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega sportchilar;
Oʻzbekiston sport ustasi yoki Oʻzbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega sportchilar;
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda gʻolib (1-oʻrin) boʻlgan sportchilar.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, kattalar va yoshlar oʻrtasida Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari boʻyicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida oxirgi toʻrt yilda, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi bir yilda gʻolib va sovrindor (1 — 3 oʻrin) boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari, oʻrta maxsus professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari OTMlarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yoʻnalishlariga qoʻshimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

Kanalga ulaning
https://t.me/+JTlvGDUuBjI2ODgy