Get Mystery Box with random crypto!

#Rasmiy_bayonot Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi 9-11 no | @urgut_urgutliklar

#Rasmiy_bayonot

Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi 9-11 noyabrda Samarqandda talabalarga ta‘til berilishini rad etdi


Avvalroq Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti munosabati bilan SamDTU talabalariga 9-11 noyabr kunlarida uch kunlik ta‘til berilishi haqida xabar bergandik. Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bu xabarni rad etdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan hududdagi OTMda tahsil olayotgan talabalarga taʼtil berilishi haqida turli asossiz xabarlar tarqalmoqda. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ushbu xabarlar asossiz ekani va oʻsha kunlari Samarqanddagi barcha oliy o‘quv yurtlarida tasdiqlangan oʻquv jadvaliga koʻra dars jarayonlari odatdagidek davom etishini maʼlum qiladi” deyiladi vazirlik raddiyasida.

Kanalga ulaning
https://t.me/+JTlvGDUuBjI2ODgy