Get Mystery Box with random crypto!

Infratuzilmani ziyorat turizmiga moslashtirish yuzasidan boshl | @urgut_urgutliklar

Infratuzilmani ziyorat turizmiga moslashtirish yuzasidan boshlangan ishlar natijasida O‘zbekiston GMTI (Global Muslim Tourism Index) hisobotida 2017-yildagi 32-o‘rindan 9-o‘ringa ko‘tarilgan.

«Joriy yilda Singapurda musulmon dunyosi turizm bozorini tiklash va rivojlantirishga bag‘ishlangan «Halal in Travel Awards» global sammitida Samarqand shahri «Yilning islom merosi manzili» va «Yilning eng yaxshi rivojlanayotgan musulmon shahri» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi», — dedi Aziz Abduhakimov.

Turizm xizmatlari va musulmon mehmondoʼstligi talablari bo‘yicha standartlar ishlab chiqildi. Jumladan, ziyorat turizmi sayyohlari uchun umumiy ovqatlanish maskanlari va restoranlarda «Halol», «Kosher» va «Vegan» standartlari joriy qilinmoqda.

@Urgut_Urgutliklar