Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi gaz quyish shoxobchasi hud | Urgut/tv/news

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi gaz quyish shoxobchasi hududida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida ma’lumot

Bugun, 10-aprel kuni soat 16:48 da Samarqand viloyati FVBga Urgut tumanida joylashgan “Qorabulok” MFY hududidagi gaz quyish shoxobchasi hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi. Yonilg‘i sig‘imi 20 tonna bo‘lgan yuk mashinasi yonib ketgan. Zudlik bilan voqea joyiga FVV viloyat boshqarmasining 4 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Yong‘in soat 17:35 da o‘chirilgan. Hozirda jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.