Get Mystery Box with random crypto!

​SOHIBQIRON-AMIR TEMUR Tavallud topgan sana: 9-aprel 1336-yil | Urgut/tv/news

​SOHIBQIRON-AMIR TEMUR
Tavallud topgan sana: 9-aprel 1336-yil
Vafot etgan sana: 18-fevral 1405-yil
Tug'ilgan joy: Shahrisabz.

Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit. Sarkarda, poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar saltanati (1370 yil) asoschisi.

Amir Temurning hayotlik vaqtida davlat boshqaruvi haqida so‘zlovchi “Temur tuziklari” nomli maxsus asar yozilgan. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib, O‘rta asrning bebaho tarixiy manbasi hisoblanadi. Unda Temurning hayotiy voqealari bilan bog‘liq tarjimai xoli, atoqli davlat arbobi va sarkardaning harbiy san’atga bo‘lgan nuqtai nazari, davlat tuzilishi va boshqaruvi kabilar bayon qilingan. Amir Temur tomonidan yaratilgan markazlashgan, kuchli boshqaruvga ega davlat ushbu bebaho qoidalar majmuasi hisoblanmish kitob asosida yaratilgan.