Get Mystery Box with random crypto!

YAPONIYALIK SAYYOHLAR URGUTDA! Navbog‘ mahallasida yashovchi | Urgut/tv/news

YAPONIYALIK SAYYOHLAR URGUTDA!

Navbog‘ mahallasida yashovchi Munira Xursandovaning qo‘l mehnati bilan dunyoga kelayotgan kashta, so‘zana, qohma, jiyak, turli aksessuarlar va sovg‘abop buyumlar nafaqat o‘zimizda, balki xorijda ham dovrug‘ qozongan.

Tokiolik Kubo Atsuko joriy yil iyun oyida Urgutga kelib, Madina opadan o‘zbek milliy to‘qish san’atining o‘ziga xos jihatlarini o‘rgangan edi. Bu galgi safarida esa o‘zi to‘qigan milliy uslubimizdagi buyumlarni ustozi – Madina opaning nazaridan o‘tkazdi.

- Yaponiyalik hamkasbimning o‘zbekcha uslubni maromida, xatosiz o‘zlashtirganidan xursandman, - deydi Madina opa.

- O‘zbek va yapon amaliy san’atida o‘xshash jihatlar ko‘p. Shu bilan birga, ayrim nozik qirralar ham borki, ularni o‘rganish qunt, sabr va boshlang‘ich ko‘nikmalarni talab qiladi. Shu ma’noda, Urgutga kelib o‘rganganlarim men uchun katta hayotiy maktab vazifasini o‘tadi. – deydi Kubo Atsuko.

13 nafar yapon sayyohi Madina opaning xonadonida amaliy san’at namunalari bilan tanishish asnosida mahorat darslarida ham ishtirok etishdi.

@UrgutSadosiGazetasi

t.me/urgut_tv_news