Get Mystery Box with random crypto!

URGUTDA HAM AHOLI XONADONI TOMONIDAN QUYOSH PANELLARI ORQALI I | Urgut/tv/news

URGUTDA HAM AHOLI XONADONI TOMONIDAN QUYOSH PANELLARI ORQALI ISHLAB CHIQARILGAN ELEKTR ENERGIYASINI SOTIB OLISH BOSHLANADI

Joriy yilning 10-iyunida Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish borasida aniq vazifalar belgilab berilgandi.
Samarqand viloyatida ham mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hamda Samarqand shahar hokimliklari binolarida quyosh panellari o‘rnatildi.
Yaqinda Urgut tumanidagi Dehqonobod elektr ta’minoti korxonasi bosh muhandisi Qobil Eshqulov ham o‘z xonadonida 5 kVt quvvatli kichik quyosh foto elektr stansiyasi o‘rnatdi.
Endilikda Qobil Eshqulov ham ushbu stansiya orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojlaridan ortgan qismini elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni rejalashtirmoqda.

“Samarqand HETK” AJ Matbuot xizmati.

Samhetk.uz |

t.me/urgut_tv_news