Get Mystery Box with random crypto!

Urgutda burgutsimonlar oilasiga mansub qushning hayoti saqlab | Urgut/tv/news

Urgutda burgutsimonlar oilasiga mansub qushning hayoti saqlab qolindi

2022-yil 2-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda qush sotilishi boʻyicha e’lon tarqalgan. Shu kunning oʻzida Urgut tumani Ekologiya boʻlimi xodimlari tomonidan qush tumanning Mirzoqishloq mahallasida yashovchi fuqoro S.Q.ning xonadonida saqlanayotgani aniqlangan. Xonadon sohibi qush uning xovlisiga qanoti shikastlangan holida kelib qoʻnganini ma’lum qilgan.

Mazkur qush Burgutsimonlar oylasiga mansub boʻlib tasqara qushi boʻlib, Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Fuqaro S.Q bilan tushuntirish ishlari olib borilib,  bunday holatlarda tegishli tashkilotlarga tezkor xabar berish lozimligi tushuntirilgan. Hozirda qush maxsus tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda, tez orada tabiat qoʻyniga qoʻyib yuboriladi.

t.me/urgut_tv_news