2022-07-29 22:09:12
#Xushxabar
Xabaringiz bor, bugun Xorazm viloyati “Kengashlar uyi” binosida “InnoWeek” hududiy ko‘rgazmasining Xorazm viloyati bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Ushbu tadbir hududdagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion loyihalarni ko‘paytirish va rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda 38 nafar ishtirokchi 120 dan ortiq innovatsion mahsulotlari, texnologiya va ishlanmalari bilan ishtirok etdi.
Quvonarlisi, “InnoWeek-2022” innovatsion g‘oyalar hududiy ko’rgazmasi Xorazm viloyati bosqichida
Urganch tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zolari Inoyat Matsapayev, Boymurod Fayzullayev, Abdurahmon Bekberganov ishtirok qilib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar va sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘alarga ega bo'ldilar.
Ma’lumot uchun, mazkur ko‘rgazma yosh startap egalari uchun o‘z loyihasini to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli taqdim qilish, potensial mijozlarni topish, biznes hamkorlarni izlash va loyihasiga sarmoyalarni jalb qilish uchun katta imkoniyat hisoblanadi.
224 views19:09