Get Mystery Box with random crypto!

YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA VA REFERENDUM Urganch ko‘p tarm | Urganch tumani hokimligi

YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA VA REFERENDUM

Urganch ko‘p tarmoqli texnikumi oʻqituvchilari va talaba yoshlari bilan "Yangilanayotgan Konstitutsiya va referendum" mavzusida tatg‘ibot tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari Z.Masharipova, Z.Saidniyozova va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi R.Masharipovalar ishtirok etishdi.

Tadbirda konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, asosiy qonunimizda aks etgan, fuqarolarga, inson huquq va erkinliklari, ta’lim, ijtimoiy soha, parlament, sud organlari va hokimiyat tizimi faoliyatiga doir yangi konstitutsiyaviy normalar xususida ham so‘z yuritildi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.