Get Mystery Box with random crypto!

ROSSIYADA ISHLAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ ISH SHAROITLARI OʻRGANIL | Urganch "Ishga marhamat" monomarkazi

ROSSIYADA ISHLAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ ISH SHAROITLARI OʻRGANILMOQDA

Oldin xabar berganimizdek, Xorazm viloyati migratsiya va bandlik sohasi vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg va Murmansk viloyatlarida boʻlib, masʼul tashkilotlar bilan muzokara va uchrashuvlar olib bormoqda.

Ayni damda, delegatsiya aʼzolari ushbu hududdagi viloyatimizdan kelib, mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan migrantlarimizning shart-sharoitlari va muammolarini ishlab chiqarish korxonalariga borib yaqindan oʻrganmoqdalar.

Bu yerda ish beruvchilar va ishchi xodimlar bilan suhbatlashib, ishchilarning mehnat muhofazasi, sharoit va qulayliklar, ish haqi masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, suhbat davomida mamlakatimiz tomonidan xorijda ishlab yurgan migrantlarimiz uchun qanday yangiliklar va qulayliklar yaratilayotgani xususida ishchi-xodimlarga tushuncha va maʼlumotlar berilmoqda.

Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati
https://t.me/Xorazmbandlikboshqarmasi