Get Mystery Box with random crypto!

Imtihon muhitini biz bilan his eting! Va'da berganimizdek b | Urfon Academy

Imtihon muhitini biz bilan his eting!

Va'da berganimizdek biz abituryentlar uchun yangicha tartibdagi DTM testlarini tashkillashtirmoqdamiz. Testlar alohida bururtma asosida Davlat Test Markazidan muhrlangan holatda olib kelinadi.

Bu test
sizga imtihon oldidan imtihon vazifasini bajarib beradi. Sizga xatolaringiz aynan qaysi mavzudan, qaysi mavzularni qaytadan o'rganish kerakligini ko'rsatib beradi. Albatta, imtihon atmosferasini his qilishingiz uchun biz maksimal darajada harakat qilamiz.

Imtihon
22-may kuni soat 08:00 da bo'lib o'tadi. Imtihonda ishtirok etmoqchi bo'lganlar 19-may kunigacha ro'yhatdan o'tib qo'yishlari talab etiladi.

Ha aytgancha, bundan tashqari sizga judayam zo'r yangiligimiz bor, bu imtihonga keladigan o'quvchilar uchun bonus desak ham bo'ladi. Bu haqida yana alohida post chiqaramiz!

P. S. Bizni kuzatishda davom eting, yangiliklar hali oldinda.

Imtihon uchun ro'yhatdan o'tish uchun:

+998 90 168 01 09

@urfon_manager