Get Mystery Box with random crypto!

Xabaringiz bor 8-sentyabrdan kuzgi mavsum o‘yinlari boshlanadi | "UrDU Zakovat Klubi"

Xabaringiz bor 8-sentyabrdan kuzgi mavsum o‘yinlari boshlanadi. Barcha jamoalar mavsum oldidan o‘z tarkibini to‘ldirib olishi va ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Jamoa izlayotganlar shu post ostiga yozing va o‘zaro birlashib bitta jamoa qiling.

Bizga jamoa yo‘qligi bo‘yicha ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda, asosan xotin-qizlar, ayollar tomonidan. Sizni biror jamoaga qo‘shishdan ko‘ra o‘zingiz jamoa tuzishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kimda jamoa yo‘q bo‘lsa kamentda yozib qoldiring va siz kabi boshqa jamoasi yo‘qlar bilan bog‘lanib o‘zingiz tashabbus ko‘rsatib jamoa tuzing va ularni tarkibingizga jalb qiling.

Shubu havoladagi post kamentiga yozib qoldiring: https://t.me/zakovatnnt/6575

@ZakovatNNT