Get Mystery Box with random crypto!

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abdu | Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov kredit-modul tizimi haqida ayrim ma’lumotlarni berib o‘tdi.

2020/2021-o‘quv yilidan
46 ta OTMda bu tizim joriy etildi va bosqichma-bosqich kengayib boradi;

O‘quv haftalari qisqardi. Ilgari o‘quv haftalari 38-40 hafta bo‘lardi, hozir esa 36 haftaga tushirildi. Shundan 30 haftasi bevosita dars bo‘ladigan akadem o‘quv haftasi hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, talabalarning akadem o‘quv yili 10 oydan 7,5-8 oyga tushirildi;

Bir semestr 18 haftadan iborat bo‘ladi, talaba shundan 15 haftasida o‘qiydi. Qolgan 3 haftaning 1 haftasi yangi fanlar va professor-o‘qituvchilarni tanlashga bag‘ishlansa, 2 haftasi avvalgi qarzlarni yopishga bag‘ishlanadi. Shu 3 hafta o‘tgach, darslar boshlanadi;

Uchinchi (yozgi) semestr ham kiritildi. Bu qarzdor talabalarni qayta o‘zlashtirishiga bag‘ishlangan semestr. Bunda talabalar kredit sotib olish uchun qo‘shimcha mablag‘ to‘laydi va qarzlarini topshiradi. Ta’til payti ishga jalb qilingani uchun, o‘qituvchilarga alohida haq to‘lanadi.

Urganch davlat universiteti rasmiy telegram kanaliga obuna bo‘ling!

Manzil: @UrDU_YOSHLAR