Get Mystery Box with random crypto!

2021-yil 30-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentinin | Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

2021-yil 30-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida "Yosh kitobxon" tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Kuchli bilim sohiblari mashaqqatli shartlardan o'tib g'oliblik sari intildilar va munosib nomzodlar g'alaba qozonishdi. Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti 184-guruh boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish yo'nalishi talabasi Sapayeva Nazokat 20-30 yoshdagi ishtirokchilar o'rtasida g'oliblikni qo'lga kiritib 1-darajali, Filologiya fakulteti O'zbek tili ta'lim yo'nalishi 195-guruh talabasi Safarboyeva Gulzoda 2-darajali, Pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya yo'nalishi 201-guruh talabasi Egamberganova Mardona 3-darajali diplom va Urganch shahar hokimining esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Urganch davlat universiteti rasmiy telegram kanaliga obuna bo‘ling!

Manzil: @UrDU_YOSHLAR