Get Mystery Box with random crypto!

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY

Telegram kanalining logotibi urdu_pressa — Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY U
Telegram kanalining logotibi urdu_pressa — Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY
Kanal manzili: @urdu_pressa
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.28K
Kanalning ta’rifi

Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi
🌐Veb-sayt: www.urdu.uz
Facebook: facebook.com/urduuz
Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati
Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
Admin: https://t.me/MF_press_secretary_ursu

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-31 16:16:30

#Yangi_Oʻzbekistonda_el_aziz,_inson_aziz!

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 31 YILLIGIGA BAGʻISHLANADI

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa
1.5K viewsedited  13:16
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:54:10
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 31 YILLIGI MUNOSABATI BILAN REKTOR TABRIGI

Bugun O‘zbekiston xalqi o‘tgan ajdodlarimizning azaliy orzusi bo‘lgan Mustaqilligimizning 31 yilligi bayramini yuraklarida yuksak g‘urur va iftixor bilan keng nishonlamoqda. Ayniqsa, joriy yil ushbu shodiyonaning "Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!" ezgu g‘oyasi ostida o‘tkazilayotganligi barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Shu fursatdan foydalanib, eng ulug‘ va eng aziz ayyomni katta xursandchilik hamda zafarlar bilan qarshi olayotgan barcha yurtdoshlarimizni, universitetimiz jamoasini — istiqlolimizning qutlug‘ 31 yillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Betakror Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon tolmaylik, charchamaylik! Barchamizga, jonajon yurtimizning kamolini, farzandlarimiz va nabiralarimizning baxt-u iqbolini ko‘rish nasib etsin! O‘zbekistonimiz doimo gullab-yashnasin!

Baxrom Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori

@urdu_pressa
2.0K viewsedited  12:54
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:03:55 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning oʻqish boshlangandan keyin olib kelishlari lozim bo'lgan hujjatlar ro'yhati!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq, talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar universitetga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar quyidagilar:

Rektor nomiga ariza;
Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli (agar bor bo‘lsa);
3,5x4,5 foto 12 ta;
Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
Konvert A5 formatida;
Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bor bo‘lsa).

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa
1.7K viewsedited  12:03
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:46:13
UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa
1.4K viewsedited  10:46
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:45:47 Talabalarni turar joy bilan taʼminlash masalalari muhokama etildi

Joriy yilning 30-avgust kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari S.Buzrukxonov raisligida “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida yangi –2022/2023 oʻquv yilida yoshlar tarbiyasi, ularni qoʻllab-quvvatlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish”ga bagʻishlangan videoselektr yigʻilishida koʻrib chiqilgan masalalari ijrosi yuzasidan bugun, 31-avgust kuni Urganch davlat universitetida yigʻilish oʻtkazildi.

UrDU birinchi prorektori S.Davletov, Moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektor A.Atajonov hamda rektor maslahatchisi R.Sharipovlar boshchiligidagi ushbu yigʻilishda Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarni muvofiqlashtiruvchi boʻlimi xodimlari, TTJ masʼul xodimlari hamda tyutorlar ishtirokida etdilar.

Unda yangi oʻquv yili avvalida talabalarni turar joy bilan taʼminlash masalasi muhokama etildi. Xususan, talabalarni universitet talabalar turar joylariga shaffof hamda adolatli taqsimot asosida joylashtirish, ijara xonadanlariga joylashtirishda ularning sharoitlariga va xavfsizligiga eʼtiborli boʻlish lozimligi masʼullar tomonidan taʼkidlanib, tegishli topshiriqlar berildi.

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa
1.4K viewsedited  10:45
Ochish/sharhlash
2022-08-31 12:42:33 DIQQAT EʻLON!

BIOINJENERIYA VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI FAKULTETIGA QUYIDAGI YO’NALISHLAR BO‘YICHA 1-KURSGA O‘QISHGA TAVSIYA QILINGAN TALABALAR DIQQATIGA
!

1.Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash
2.Biotexnologiya
3.Tuproqshunoslik
4.Agronomiya
5.Mevachilik va uzumchilik
6.Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
7.Issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va yuritish
8.Dorivor oʻsimliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
9.Oʻsimliklarni himoya qilish
yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga tavsiya qilingan talabalar 5-sentabr kunidan Urganch tumani Chondirqiyot qishlog‘i Qiyot mahallasida joylashgan (eski Paxtakor kollej) binosiga kelishlari so‘raladi. O‘quv jarayonlari va hujjatlar shu yerda qabul qilinadi.

Murojaat uchun tel:
Ravshan Atajanov +998 97 452 20 55
Quranboyeva Feruza +998 97 516 50 60

Mo‘ljal:
G‘oybu taxta bozordan o‘tgandan keyin "Ummon" restorani. 1-yo‘nalishdagi avtobus va damaslar qatnovi bo‘yicha kelishingiz mumkin.

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa
1.8K viewsedited  09:42
Ochish/sharhlash
2022-08-31 12:13:39
31-AVGUST – QATAG‘ON QURBONLARINI YOD ETISH KUNI

Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida 31-avgust – “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni”ga bag‘ishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.

Batafsil...

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa
1.7K views09:13
Ochish/sharhlash
2022-08-30 10:10:04 #Magistratura_2022_2023

2022-2023-o‘quv yilida Urganch davlat universiteti magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha tanlov natijalari bilan ushbu faylda orqali tanishing.

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa
1.5K viewsedited  07:10
Ochish/sharhlash
2022-08-30 10:00:37 #Diqqat!

Urganch davlat universitetining Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlarning natijalarini ma'lum qilamiz!

Magistraturaga 2022/2023-o'quv yili bo'yicha tanlov natijalari qaydnomalari bilan universitetning rasmiy veb saytidagi ushbu havola orqali tanishing:

https://urdu.uz/uz/site/active?id=192

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa
1.8K viewsedited  07:00
Ochish/sharhlash
2022-08-29 20:52:49
Факт 24 | Президент Шавкат Мирзиёев Урганч шаҳрида Ал-Хоразмий шаҳарчаси пойдеворига капсула қўйди
#29aug #uzbekiston24

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa
2.1K viewsedited  17:52
Ochish/sharhlash