Get Mystery Box with random crypto!

UrDPI | Ta'lim yangiliklari ⚡

Telegram kanalining logotibi urdpi_yangiliklar — UrDPI | Ta'lim yangiliklari ⚡ U
Telegram kanalining logotibi urdpi_yangiliklar — UrDPI | Ta'lim yangiliklari ⚡
Kanal manzili: @urdpi_yangiliklar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36
Kanalning ta’rifi

🏛Ushbu kanalda Urganch davlat pedagogika instituti ta'lim haqidagi eng so‘ngi ma'lumotlarni berib boramiz!
Admin: @best_2004

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-02-16 21:11:01
Nodavlat oliygohlardan boshqa OTMlarga o'qishni ko'chirish tartibi

Nodavlat oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish xorijdan o'qishni ko'chirish tartibi bilan bir xil asosda yilda bir marotaba iyul-avgust oylarida amalga oshiriladi. O'qishni ko'chirish belgilangan test (kasbiy, ijodiy) asosida o'tkazilib, yetarli ball to'play olgan talabalar o'qishi ko'chiriladi.

Nodavlat oliygohdan boshqa nodavlat oliygohga o'qishni ko'chirishda, o'qishni ko'chirish tartibi talabani qabul qilayotgan oliygoh tomonidan qonun doirasida (test, suhbat) belgilanadi.

O'qishni ko'chirishda kvota mavjud emas hamda yetarli ball to'play olmagan talabalar super kontrakt sosida o‘qishni ko‘chirishi mumkin.

https://t.me/UrDPI_YANGILIKLAR
40 viewsЛатипбоев Азизбек | Latipboyev Azizbek, 18:11
Ochish/sharhlash
2023-02-14 21:51:29 Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-martga qadar uzaytirildi

https://t.me/UrDPI_YANGILIKLAR
38 viewsЛатипбоев Азизбек | Latipboyev Azizbek, 18:51
Ochish/sharhlash
2023-02-14 21:51:12 Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi

2022/2023-o‘quv yili yanvar oyi qabuli natijalari tasdiqlandi.

Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

https://t.me/UrDPI_YANGILIKLAR
34 viewsЛатипбоев Азизбек | Latipboyev Azizbek, 18:51
Ochish/sharhlash
2023-02-14 16:42:36 Talabalar soni 1 mlndan oshdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 million nafardan oshgan.

Shundan:
Talaba yigitlar – 544,8 ming nafar;
Talaba qizlar – 495,6 ming nafar.

2021-yilning 1-yanvar holatiga xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.

https://t.me/UrDPI_YANGILIKLAR
33 viewsЛатипбоев Азизбек | Latipboyev Azizbek, 13:42
Ochish/sharhlash
2023-02-13 11:01:37 Ayrim oliygohlar tugatilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ishga joylanmagan bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan OTM lar faoliyati tugatilishi mumkin. Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri bunday bitiruvchilar soni ko‘p bo‘lgan OTM sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb topilishi mumkinligi haqida rektor va mas’ul prorektorlarni ogohlantirdi.

https://t.me/UrDPI_YANGILIKLAR
35 viewsЛатипбоев Азизбек | Latipboyev Azizbek, 08:01
Ochish/sharhlash
2023-02-13 11:01:02 Nodavlat OTMlar ogohlantirildi  

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov OTMga quyosh panellarini o‘rnatish masalasida yig‘ilish o‘tkazgan.

Yig‘ilishda nodavlat ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifati va bitiruvchilarning ishga joylanish masalasiga ham e’tibor qaratilgan. 

"Oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilishi, ayniqsa ishga joylanmagan bitiruvchilari soni ko‘p bo‘lgan nodavlat OTM sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb topilishi va kelajakda ularning faoliyatini tugatish masalasi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildi", - deyiladi vazirlik axborotida.

https://t.me/UrDPI_YANGILIKLAR
30 viewsЛатипбоев Азизбек | Latipboyev Azizbek, 08:01
Ochish/sharhlash
2023-01-25 17:24:32 Diplomi O‘zbekistonda tan  olinadigan oliygohlar nechta?

Bugungi kunda 78 ta nodavlat xususiy OTMda litsenziya bor. Ushbu ro'yxatdagi 78 ta oliygohning diplomi Oʻzbekistonda tan olinadi. (Faylda ro'yxat keltirilgan)

https://t.me/UrDPI_YANGILIKLAR
70 viewsЛатипбоев Азизбек | Latipboyev Azizbek, 14:24
Ochish/sharhlash