Get Mystery Box with random crypto!

​Hayotimizda hech kimni shunchaki uchratmaymiz. Biz ahamiyatsi | URAN

Hayotimizda hech kimni shunchaki uchratmaymiz. Biz ahamiyatsiz deb hisoblagan mayda toʻqnashuvlar ham bizning hayotimizda ma'lum bir rolni oʻynaydilar.

Hech qanday tasodiflar yoʻq, asosan 5 turdagi sinxron uchrashuvlar mavjud:

1. Bizni "uygʻotuvchilar". Hamma ham hayotimizda uzoq qolmaydi. Shunday odamlar borki, ular haqiqiy intilishimizni bizga eslatish uchun hayotimizda paydo boʻladilar. Ular hayotimizdagi oʻz missiyamizni va maqsadimizni anglashga koʻmak beradilar va gʻoyib boʻladilar.

2. Bizga eslatib turuvchilar. Hammada shunday bir nechta odamlar bor: ular maqsadimizga erishish uchun qattiq ishlashimiz kerakligini doimo eslatib turadilar. Bunday odamlar hayotimizda oʻz izlarini qoldiradilar. Ularni shunchaki unutishning iloji yoʻq.

3. Bizni oʻsishimiz uchun "turtib" turadiganlar. Ular oʻqituvchi rolida hayotimizda paydo boʻladilar va doim nazorat qiladilar. Ular bizga qiyin, lekin boshqachasiga ishlab boʻlmaydigan masalalar berishadi. Ular yaxshi tarafga qarab yuksalishimizga katta yordam beradilar.

4. "Boʻshliqni toʻldiruvchilar". Bu turdagi odamlarni har kuni va tez-tez koʻcha-koʻyda, bozorlarda, jamoat joylarida uchratamiz. Ular bilan mustahkam aloqalarni oʻrnatish juda qiyin. Chunki ularning roli boshqacha: ular boʻshliqni toʻldirib turadilar. Lekin bu turdagi odamlar hayotimizda oʻz oʻrinlarini qoldirmaydilar deb qat'iy ayta olmaymiz.

5. Biz bilan qoladiganlar. Bunday odamlarni uchratish va topish juda mushkul. Lekin bir marta uchratdingizmi ular butun hayotingiz davomida siz bilan qoladilar. Ular sizning doʻstlaringiz, oila a'zolaringiz, ustozlaringiz va sevgilingiz boʻlishi mumkin. Bu insonlar hayotingizga sezilarli darajada ta'sir oʻtkazadilar. Koʻpincha hayot yoʻllari siznikiga oʻxshash boʻladilar. #mushohada