Get Mystery Box with random crypto!

'Pedagogning maqomi to‘g‘risida'gi Qonunda nazarda tutilgan ba | O‘qituvchiga hujjat

"Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonunda nazarda tutilgan ba’zi bir normalar o‘zi shundoq ham qonunchilikda mavjud

Bugun "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonun imzolandi. Qonunda nazarda tutilgan ayrim bandlarni ko'zdan kechiradigan bo'lsak, ba’zi bir normalar o‘zi shundoq ham qonunchilikda mavjud ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Misol uchun:

1. Pedagoglar mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi — ushbu qoida Prezidentning 2018-yil 5-sentyabrdagi PQ-3931-sonli qarorida nazarda tutilgandi. (Faqat ijrosi ta'minlanmagandi)

2. Pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilishni taqiqlash — bu esa Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarorida belgilangan.

3. Davlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarni davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkazish — ushbu qoida Mehnat kodeksining 360-moddasi bilan mustahkamlangan. Faqat u ishlamayotgandi xolos.

4. Pedagog xodimning kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash davlat tomonidan ta’minlanishi — bu ham amaliyotda mavjud.

5. Ta'lim tashkiloti xodimlariga qisqartirilgan ish vaqti belgilanishi — Mehnat kodeksining 184-moddasida mavjud.

6. Pedagoglarga 56 kalendar kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’til berilishi ham Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-sonli qarori bilan tartibga solib bo'lingan.

7. Olis hududlardagi maktablarga boshqa hududdan borib ishlaydigan pedagog xodimlarga bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun beriladigan qo'shimcha kompensatsiya to'lab berish tartibi Prezidentning 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-sonli qarori bilan tartibga solingan.

Albatta, Qonunda hozirgi kunda amaliyotda mavjud bo‘lmagan kichik normalar ham bor. Bu haqida keyinroq...

U.Po‘latov

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat