Get Mystery Box with random crypto!

​​Dunyoda internet o'chib qolsa nima bo'ladi? Internet 19 | mobiuz_ucell_uzmobile

​​Dunyoda internet o'chib qolsa nima bo'ladi?

Internet 1983-yildan beri mavjud bo'lib, 4 yil ichida esa u dastlabki 50 mln foydalanuvchilarga ega bo'ldi. Telefon foydalanuvchilari borasida ham xuddi shunday ko'rsatgichni qayd etish uchun 75 yil vaqt ketgan.

Endi tasavvur qilib ko'ring ayni paytda internet o'chib qolsa nima bo'ladi?

Jahon miqyosida o'rgimchak to'ridan foydalanuvchi 5 mlrd dan ortiq foydalanuvchi shunchaki internetsiz qoladi;

Har kuni yuboriluvchi 247 mlrd onlayn xabarlarning bari egalariga yetib bormaydi.

Kuniga o'rtacha 2-3 soat internet uchun ketkizadigan vaqtingizni chet tillarini o'rganish, sport bilan shug'ullanish yoki shunchaki musiqa chalishni o'rganishga sarflashingiz mumkin;

Turli ilmiy ma'lumotlar qidirish uchun Yandeks brauzeri orqali 5 mlrd qidiruv amalga oshiriladi, endi bularning bari kutubxonalardan qidiriladi;

Dunyo miqyosida oilalar o'rtasidagi ajrimlar soni 20-30% ga qisqaradi. Chunki dunyoda har 8-oila ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishish natijasida turmush qurgan.

Internet do'konlari orqali har yili 20 trln AQSH dollari va millionlab internet tarmog'i orqali faoliyat yurgizadigan ishchilar va kompaniyalar kasodga uchraydi.

Xulosa qilib aytganda internet o'chib qolishi bu yaxshimi?

Albatta yo'q!

Agar internet bo'lmaganida balki siz ham bizni kuzata olmayotgan bo'lar edingiz...
Manba

@mobiuz_ucell_uzmobile_beeline