Get Mystery Box with random crypto!

Mun Je In davrida Koreya fond bozori indeksi rekord o'rnatdi | UPLIFT

Mun Je In davrida Koreya fond bozori indeksi rekord o'rnatdi

Prezident Mun Je Inning kecha 9-may kunidan rasman prezidentlik muddati yakunlandi. Faoliyati yakunlanar ekan, prezidentning 5 yillik ishlari har tomonlama tahlil, xulosa qilina boshlandi.

Xususan, Koreya fond bozorining asosiy ko'rsatkichi hisoblangan KOSPI Mun Je In hukumati davrida umumiy 15% lik o'sishni qayd etdi. Ya'ni 2017-yil 10-maydagi 2270.12 bo'lgan ko'rsatkich, 2022-yil 9-may holatiga 2610.81 ga yetib, 15% o'sishga erishdi.

Shuningdek, aynan shu 5 yillikda KOSPI birinchi marotaba 3300 dan oshib o'zining 40 yildan oshiq tarixi davomidagi rekordini o'rnatdi.

Ma'lumot uchun, KOSPI ( Korean Composite Stock Price Indexes ) Janubiy Koreya fond bozorining asosiy indeksi hisoblanadi.

@uzbeknur1 hammasi Koreya haqida