Get Mystery Box with random crypto!

KRIPTOVALYUTA SAVDOSI HALOLMI? (3-qism davomi) Yuqorida beril | UPLIFT

KRIPTOVALYUTA SAVDOSI HALOLMI?
(3-qism davomi)

Yuqorida berilgan Dr. Shayx Ali Muhyiddin Al Qoradog'iyning kriptovalyuta bo'yicha bergan fatvo videolarining mazmuni:

"Shariatda pul birligi bo'lishi uchun qo'yiladigan 2 xil talab bor.
1. O'z zotida qiymatga ega bo'lishi. Masalan, oltin va kumushga o'xshab. Bu turdagi pul birligida bizning nazdimizda muammo yo'q.
2. Ishonarli bo'lishi, uning ortida davlat turishi, himoyalashi, va kafolatlashi lozim.

Shundan kelib chiqib, bitkoin va shu turdagi raqamli valyutalar oltin va kumushga o'xshab o'z zotida asl qiymati mavjud emas va ularning ortida kafolatlaydigan, himoya qiladigan davlat ham yo'q. Kriptovalyutani barcha bir ovozdan tovar-mahsulot ham emasligini ta'kidlaydi. Bundan tashqari, uning moliyaviy huquqi ham mavjud emas, balki u faqatgina ilg'or ishlab chiqilgan dasturdir xolos. Bu bo'yicha chuqur o'rganilgandan so'ng, shariatning hukmi quyidagicha: bitkoin va shunga o'xshash shifrlangan yoki raqamli valyutalarga sarmoya qilish joiz emas va bu pul (mol-mulk)ning muhofazasi uchundir. Ribo sababli harom qilingan emas. Men islom davlatlarini raqamli valyutalarni muomalaga chiqarishga, davlat tomonidan ularga kafil bo'lishga, va ular uchun tizim yaratishga chaqiraman."

Mavzuga aloqador:
Shayx Ali Muhyiddin Al Qoradog'iy haqida

Davomi bor...

@upliftuz

Instagram | Telegram | Website