Get Mystery Box with random crypto!

UNLOCK

Telegram kanalining logotibi unlockuz — UNLOCK U
Telegram kanalining logotibi unlockuz — UNLOCK
Kanal manzili: @unlockuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 732
Kanalning ta’rifi

Non-Profit Organisation | Tashkent 2022
Our mission is to awaken Uzbek Youth through Education.
For inquiries: @unlockuz_support

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-01-30 16:15:48
Among Us….

Bugun biz sizlarga O’zbekistondan chiqqan va dunyoning top universitetlarini zabt etgan insonlar haqida qisqacha ma’lumot va ularni ko’zatish uchun linklar beramiz. Bu postdan asosiy maqsad, top universitetlar O’zbekistonliklar uchun uddalab bo’lmas maqsad emasligini isbotlagan insonlar orqali isbotlash, va maqsadingizga ozgina bo’lsada yaqinlik his qilishingiz uchun reallik berishdan iborat.

Demak, biz boshladik

1. Rustam Nuriev (Yale Universitetini talabasi’26)

2. Firdavs Yakubov (Cornell University talabasi’27)

3. Iroda Abdulazizova (Dartmouth College’26)

4. Behruz Mahmudov (Harvard College’26)

5. Umid Usmanov (Yale University’25)

6. Madina Radjabova (2019-yilda Garvard universitetini tamomlagan) - Kompyuter fanlari; Dilshoda Yergasheva (2009-yilda Garvard universitetini tamomlagan) - Amaliy matematika va Iqtisodiyot

7. Feruza Mukhammadieva (Princeton universitetini talabasi’26)

8. Khosilmurod Abdukholikov (Yale universitetini talabasi’27)

9. Khaydarova Guzalkhon (Princeton universitetini talabasi’27)

10. Hasan Tuhtamishov (2021-yilda Yale universitetini tamomlagan)

11. Mohammad Makhmudov (2021-yilda Yale universitetini tamomlagan)

12. Komron Aripov - Brown universitetini talabasi’25

Bu yerda ismlari keltirib o’tilgan insonlar haqida biz shaxsiy ma’lumot bermaslikka qaror qildik, va shu sababli ularning platformalardagi ochiq sahifalariga linklar qoldirdik.

Va bu ro’yxat xali xammasi emas, biz tanigan bilgan insonlardan tashqari O’zbeklardan chiqqan yana qancha insonlar bor. Agar siz ularning bilsangiz, iltimos, shu post tagiga ularning ma’lumotlarini huddi shu tarzda keltiring va biz ularni bu listga qo’shamiz. Bu listni qancha katta qilsak, bizning yutug’imiz shuncha ko’p bo’ladi.

Xurmat bilan, UNLOCK jamoasi vakillari Sardor Po'latov va Asadbek Urakov.
@unlockuz
958 viewsedited  13:15
Ochish/sharhlash
2023-01-22 19:16:31 Live stream finished (1 hour)
16:16
Ochish/sharhlash
2023-01-22 18:00:55 Live stream started
15:00
Ochish/sharhlash
2023-01-22 17:58:57 Biz bir necha daqiqa ichida boshlaymiz.

Savollaringiz bo’lsa kommentariyada qoldiring.
997 viewsedited  14:58
Ochish/sharhlash
2023-01-21 17:12:50 Live stream scheduled for Jan 22 at 15:00
14:12
Ochish/sharhlash
2023-01-21 17:12:27 “UNLOCK”da Suhbat.

Biz UNLOCK jamoasi siz - harakat qilayotganlarga - yordam berishni davom ettirish maqsadida Online Suhbat tashkil qilishga qaror qildik.

Suhbat davomida Amerika universitetlarida o’qish, va u yerda talbalarni nimalar kutishi mumkinligi haqida muloqot qilamiz va hozirda sizda uchrayotgan savollarga javob beramiz.

Ushbu Online Suhbat 22-yanvar, yakshanba kuni, soat 20:00 dan boshlab UNLOCK jamoasining telegram kanalida tashkil etiladi.

Suhbatning yarmidan ko’p qismini biz savollarga javob berishga sarflamoqchimiz, shu sababli sizda hujjat topshirish jarayonidagi, yoki proyekt haqida savollar bersangiz bo'ladi. Suhbatda o'z savolingizga javob olish uchun, quyidagi amallarni bajarishingiz lozim.

1. Savollaringizni aniq qilib tayyorlab qo'ying
2. Savollaringizni shu postning kommentariya qismiga yozib qoldiring


Suhbat UNLOCK jamoasi a’zolari tomonidan olib boriladi.

Xurmat bilan UNLOCK jamoasi.

@unlockuz
6.2K viewsedited  14:12
Ochish/sharhlash
2023-01-19 15:23:14 Balkim Amerikada o‘qirman - yo‘q, bu imkonsiz.  

Amerikaga o‘qishni qaror qilayotganingizda, ko‘pchiligingizda muammolar, savollar, va stereotiplarga ishonib qolish holatlari sodir bo‘ladi. Atrofdagilar bizni “Osmonda uchib yuribdi” deb o‘ylashlari esa, bu muammolarni yana-da chigallashtiradi - imkonsizdek tuyuladi. Siz atrofdan qo‘llab quvvatlash ola olmaysiz, chunki hech kim sizga ishonmaydi. «Qo‘ysangchi» jura, boshni qotirma deyishadi, lekin siz o‘ksinmang, sizga ishonadiganlar, sizni qo‘llab-quvvatlaydiganlar, va sizni eshitadiganlar bor. Biz sizga ishonamiz. Bu yerda muhit sizni qo‘llab-quvvatlaydi - imkoni borligini ko‘rsatadi.

Assalomu-Alaykum, bugun biz sizlar UNLOCK telegram kanalida, #unaqaemas heshtiga ostida, biz - talabalar - duch keladigan savollar, ularni qiynaydigan fikrlarga o‘z shahsiy qarashlarimizni berib boramiz. 

Agar tayyor bo‘lsangiz, qani ketdik.

-  Amerika Universitetlarida o‘qishim uchun “Millioner” bo‘lishim kerak.

 To‘g‘ri Amerika Universitetlarida o‘qish o‘rtacha $20,000 dan to $100,000 gacha boradi, lekin bu degani siz shuncha pul sarflaysiz degani emas. Amerika Universitetlari o‘zining “SAXIY”ligi bilan Angliya va Avstraliya universitetlaridan ajralib turadi, va bu degani siz o‘z o‘qish xarajatlaringiz uchun «Scholarship» yaʼni stipendiya olishingiz mumkin. «Scholarship»lar o‘rtacha 20$ dan 100% gacha boradi va bu degani siz juda kam miqdorda xarajat qilishingiz ham mumkin. Va bu narsani ko‘p O‘zbeklar - siz va bizga o‘xshagan - insonlar qila olishdi. 

Lekin biz bir narsani unutmasligimiz kerak. Amerikada o‘qishni orzu qilayabmizmi, biz albatta qanchadir miqdorda xarajat qilishimiz kerak, zero xarajatsiz harakat 0-ga teng. Universitetlarning o‘ziga topshirish uchun ham qanchadir miqdorda xarajat qilasiz, masalan: (SAT-$103/1x; SATni jo‘natish $12/1x; Universitetga topshirish $50av/1x)

Uning ustiga, baʼzi birlarimizda shunday - noodatiy - odat - nafs - borki o‘zimiz qanchadir miqdorda to‘lay olsak ham - imkoniyatimiz yetarli bo‘lsa ham - baribir Universitetdan keragidan ko‘proq pul olishga harakat qilamiz. Xar xil qing‘irlik qilib ko‘ramiz va shu sababli, muvaffaqiyatsizlikka uchraymiz.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, pulimiz qancha ko‘p bo‘lsa, imkoniyatlarimiz shuncha ko‘proq bo‘ladi, lekin bu degani katta pulsiz keta olmaymiz degani emas.

Agar sizda ham #unaqaemas rubrikasi ostida savollaringiz, fikr, va takliflaringiz bo‘lsa, biz sizni eshitishga tayyormiz va kommentariyda o‘z fikrlaringizni qoldiring, bu mavzu haqida ko‘proq suhbat olib borilsa, shuncha ko‘proq qarash, fikr, va manfaat bo‘ladi degan umiddamiz.

Eslatib o’tamiz UNLOCK sahifalarida chop etilgan materiallardan foydalanish majburiy emas. Bizning asosiy maqsadimiz shu kungacha ustozlarimizdan, onlayn manbalardan, va tajribamizdan orttirgan bilimlarni boshqalar bilan bepul ulashish. Agar xato va kamchiliklar bo’lsa, bizga eslatib o’tsangiz, sizdan minnatdor bo’lamiz zero har bir inson xato qilishga moyil.

Ishlatilgan Jargonlar:
Scholarship - Universitet yoki ma’lum bir idora orqali talabaga taqdim etiladigan stipendiya puli yoki chegirma.
SAT - Universitetlarga kirish uchun topshiriladigan xalqaro imtihon turi.


Xurmat bilan, Unlock Jamoasi

@unlockuz
1.3K views12:23
Ochish/sharhlash
2023-01-19 15:22:40
759 viewsedited  12:22
Ochish/sharhlash