Get Mystery Box with random crypto!

Among Us 1# Eslaringizda bo'lsa Telegram Sahifamizda 'Among U | UNLOCK

Among Us 1#

Eslaringizda bo'lsa Telegram Sahifamizda "Among Us..." deb nomlangan post qo'ygan edik.

Bu postda O'zbek bo'la turib dunyoning top-universitetlarini zabt etgan insonlarning ro'yxatini bergan edik (xali ham yangilanayabdi).

Sizning so’rovnomadagi javobingizga qarab, biz ulardan ketma-ket suhbatlar olishga qaror qildik. Sizga bugungi Firdavs bilan bo'ladigan suhbatimizni havola etamiz.

Firdavs xozirda dunyoda #21 o'rinda turuvchi va "IVY" ligasi a'zosi hisoblanadigan Cornell Universitetiga $304,000 ‘scholarship’ ya’ni grant bilan qabul qilingan.

Shuningdek, Firdavs UNLOCK Jamoasi a'zosi hisoblanadi, bu proyekt yuzasidan bo’lib o’tadigan darslar va tadbirlarda to’liq ishtirok etadi.

Suhbat O’zbek tilida bo’lib, suhbat davomida biz Firdavsning to’liq keysini (nimalarga e’tibor bergan, nima maslahatlar beradi, insholarni qanaqa, nima qilib yozganlihi haqida) o’rganib chiqamiz, va suhbatning oxirida UNLOCK jamoasidan sizni ajoyib sovg’a kutadi.

Suhbatning primyerasi bugun - Yakshanba - kechqurun soat 21:00 da bo’lib o’tadi. Biz bu suhbatni sizga foydali bo’lishi uchun qo’limizdan kelgan ishni qildik va albatta sizga foydali bo’ladi degan umiddamiz.

Suhbat o’stida ishlagan UNLOCK jamoasi vakillari Fotima Murodova, Firdavs Yakubov, Jaloliddin Manguberdi, va Bekhruz Sharapovga minnatdorchilik bildiramiz.

Suhbatning primyerasini buyerda ko’zatishingiz mumkin:



E'tiboringiz uchun Rahmat.

@unlockuz