Get Mystery Box with random crypto!

Nega telefon tanlash osonu kompyuter tanlash qiyin? Biz kanal | Universal IT kanali

Nega telefon tanlash osonu kompyuter tanlash qiyin?

Biz kanallar yoki guruhlarda kompyuter tanlash bo'yicha ko'p maslahatlar berilganiga, savollar ham ko'p bo'lganiga ko'p guvoh bo'lganmiz, xo'sh nega bu muammo o'zi?

Albatta siz o'rganadigan sohaga mos kompyuter tanlashingiz juda muhim ammo buni 1 yil o'ylash shart emas. O'sha soha vakillaridan maslahat oling keyin o'sha maslahatga amal ham qiling. Pulingiz yetsa yangisidan hozircha yetmasa ishlatilganidan bo'lsa ham oling.

Telefon tanlaganimizda bunchalik o'ylanmaymizku, shartta bittasini olamiz, ma'qul kelmasa uni sotib yana boshqasini olamiz. Ammo u telefon bizga ma'qul kelmaganini va bizqa qanday telefon kerakligini juda yaxshi bilib olamiz.

Kompyuter ham shunday, yoqmasa yoki to'g'ri kelmasa almashtirish qiyin emas.

Soddalashtiring...

@universal_it