Get Mystery Box with random crypto!

Biz boshqalardan so'rashga odatlangan savollar... Biron sohad | Universal IT kanali

Biz boshqalardan so'rashga odatlangan savollar...

Biron sohadagi bilimi bizdan yaxshiroq bo'lgan biron insonni uchratsan odatda o'sha masala bo'yicha barcha savollarni unga berishga, savollarni undan so'rashga odatlanib qolganmiz.

Ammo biz bu savollarga shunchaki google.com orqali ham javob olsak bo'ladi. O'zimiz javobini topa oladigan savollarni boshqalarning qimmatli vaqtini o'g'irlab ulardan so'ramasdan, dastlab o'zimiz biroz bo'lsada izlanishimiz kerak. Bu degani umuman boshqalardan savol so'ramang degani emas, shunchaki dastlab o'zingiz harakat qilib ko'ring, o'xshamasa ana keyin savollaringizni so'rashingiz mumkin.

P.S: Dangasa bo'lib borayabmiz, yaxshimas...

@universal_it