Get Mystery Box with random crypto!

IT'da biron sohani tanlash — Agar siz oldindan o'zingiz qiziq | Universal IT kanali

IT'da biron sohani tanlash

— Agar siz oldindan o'zingiz qiziqadigan sohani bilmaydigan bo'lsangiz unda bir zumda 1 ta sohani tanlash oson emas.

— Agar sizda kompyuter savodxonligi yaxshi bo'lmasa dastlab shartta kompyuter savodxonligi kursiga boring, bu ham IT da biron soha tanlashingizga yordam bo'ladi va keyinchalik qiynalmaysiz.

— Boshlang'ich bilimlaringiz bo'lsa unda o'zingiz taxminan qiziqadigan biron sohani o'quv markazlardan biriga borib o'rganishni boshlang. 1-2 oy o'tgach agar tanlagan yo'nalishingizda adashgan bo'lsangiz, adashmagan yo'nalishingiz qaysiligini ham bilib olasiz va yangi yo'nalishda o'rganishni boshlasangiz bo'ladi. Buning uyat yoki xijolat bo'ladigan joyi yo'q!

— Lekin siz IT ni o'rganishim kerak deb yuraversangiz shunchaki yuraverasiz, na biron yo'nalish tanlaysiz yoki o'rganishga jiddiy kirishasiz. Shunchaki yuraverasiz nimadan boshlashni bilmasdan. Bir kitob muqovasida yozilganidek "Yo'lga chiqsang manzil ko'rinadi".

P.S: Siz qachon boshlamoqchisiz o'rganishni?

@universal_it