Get Mystery Box with random crypto!

Haydovchilik guvohnomasini uydan turib almashtirish xizmati is | UNIVERSAL

Haydovchilik guvohnomasini uydan turib almashtirish xizmati ishga tushadi

Xizmatdan joriy yilning 30-yanvaridan boshlab foydalanish mumkin.

Guvohnomani yangisiga onlayn almashtirish uchun my.gov.uz orqali buyurtma beriladi.

Buyurtmada:
bo‘sh qatorlar o‘zingizga tegishli shaxsiy ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi;
tegishli bandlar tanlanadi;
yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil ko‘rsatiladi;
mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qo‘yiladi.

So‘nggi qadamda invoys shakllanadi va BHMning 70 foizi (210 000 so‘m) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 so‘m to‘lov amalga oshiriladi.


@universal_da