Get Mystery Box with random crypto!

Laws of Human Nature Hozir yozmoqchi bõlganlarimni kamida 2t | Uniquely

Laws of Human Nature


Hozir yozmoqchi bõlganlarimni kamida 2tasini boshingizdan õtkazgansiz. Bularni kitobda 'Bias' ya'ni 'ta'rafkashlik' yoki 'ogish,yon berish' deb berilgan. Bundan yaxshi tarjima hayolimga kelmadi. Xullas, yozuvchi aytadiki: Biz haqiqatni izlayotgan or realist bõlishga harakat qilayotgan paytda, biz shunchaki õz 'ego'yimizni rohatlantirish uchun sabablar izlayotgan bõlamiz. Aynan shu deb, faktlardan kõra ikkilamchi 'bias'larga tayanamiz.

Quyida shu 'bias'larni kõrib chiqamiz:

1. Confirmation bias
''Men haqiqatni yuziga tik qarab, ozmi kõpmi asoslarga tayanib qaror qabul qilyabman''
Bu shunaqangi la'nati og'ish-ki nafaqat õzimizga atrofdagilarga ham ta'sir õtkazadi. Ya'ni biror narsaga tasdiq izlayotgan paytimizda biz ishonchli bõlmasada bizni qoniqtiradigan ma'lumotlarga suyanamiz. Misol uchun bitta odam yomon ekanligiga ishonsak uni mingta yaxshi ishi ham shunchaki kõzbõyamachilik bõlib tuyulaveradi.

2. Conviction bias
''Men bunga qattiq ishonyabmani demak bu haqiqatligini aniq''
Agar biz ishonayotgan fikr shu darajada kuchli energiya chiqarayotgan bõlsa u notog'ri bõlishi mumkun emas degan idea ortiga yashirilgan bõladi bu tarafkashlik. Bu 'bias' bizda juda keng tarqalgan. Bitta mavzuni yaxshi bilmasada chiroyli harakat va ovoz toni bilan boshqalarni ishontiradigan infolõttibozlar bizni shunday chuv tushuradi.

3. Appearance bias
''Men gaplashoyatgan odamimni tushunaman. Ular qanday bõlsa shundayligicha kõraman.
Biz insonlarni qanday bõlsa shundayligicha emas, ular bizga qanday kõringani kabi bilamiz. Ba'zida bu kõrinish aldamchi bõladi. Agar bitta inson biror sohada muvaffaqiyatli bõlsa, biz u shaxsni boshqa narsalarda ham omadli va zõr deb bilamiz. Biznesi õxshagan insonlardan hayotiy maslahatlar sõrashimiz sababi ham shu õzi aslida.

4. Group bias
''Mening fikrim bu meniki. Men bu guruhdagi insonlarni eshitmayman. Men tasdiqlovchi emasman''
Bu haqida kõp gapirib õtirmayman. Menimcha tushundingiz...

Xullas kitob TOP! Õqiganim sari õzimni va atrofdagi insonlarni hatti-harakatlarini yaxshiroq tushunib boryabman.

Must read book!
@uniquelyblog