Get Mystery Box with random crypto!

Ancha paytdan beri endi ko'chada ancha yurib, aylandim! O'zbek | Nosog'lom fikrlar |#Boylarga_mazza |

Ancha paytdan beri endi ko'chada ancha yurib, aylandim!
O'zbeklardan ko'ra ruslarni ko'p uchratyapman .
Albatta, bular "o'zimizni ruslar" emas. Rossiyada safarbarlik e'lon qilingandan keyin, ommaviy ravishda O'rta Osiyo mamlakatlariga yopirilib kelgan qochqinlar. Hozircha bu ommaviy qochqinning bitta ta'sirini sezdim.
Ijara uchun joy. O'zi shundog'am ijara masalasi O'zbekiston shaharlari, ayniqsa, Toshkent uchun og'riqli mavzu bo'lib kelgan. OTM'larga qabul qilinadigan talabalar soni keskin oshgani, xususiy universitetlar ham "orqa-oldiga qaramasdan" o'z quvvatidan ancha ko'p abituriyentlarni talaba sifatida qabul qilishi, endi esa Rossiyadan ommaviy qochqin natijasida bu masala har qachongidan og'riqli bo'lib qoldi. Avval "xotyabi" qimmat narxga, insofsiz makler orqali kvartira topish mumkin edi.
Hozir bu ham deyarli imkonsiz bo'lib qoldi. Hamma kvartiralar rus qochqinlari tomonidan "egallab olingan". Mehmonxona, xostellarda joylar to'lgan, borlarida ham narxlar kamida ikki baravarga oshgan. Faqatgina oddiy aholini "tishi o'tmaydigan" mehmonxonalarda joy bor.
Dastlabki ta'sir shu. Agar bu ommaviy qochqin qandaydir yo'l bilan tartibga solinmasa, yaqinda boshqa muammolar ham yuzaga kela boshlaydi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi. Hech bo'lmaganda qisman tanqislik.
Oziq-ovqat va xizmatlar narxlarining sezilarli darajada oshishi. Xizmat ko'rsatish joylarida turnaqator navbatlar. Bu narsa banklarda allaqachon sodir bo'ldi. Yaqinda "Kapitalbank"ga plastik karta ochgani borgandim. Oyoq qo'yishga joy yo'q. O'nta odamdan sakkiztasi rus. Qiziqib, "Kapitalbank"ning boshqa fillialiga borib ko'rdim. Bir xil. "Ipoteka" bankda ham shu ahvol.
Eeee, xullas, shunaqada!