Get Mystery Box with random crypto!

BMTda Xitoyning Shinjon provinsiyasidagi uygʻurlar ahvolini mu | Nosog'lom fikrlar |#Boylarga_mazza |

BMTda Xitoyning Shinjon provinsiyasidagi uygʻurlar ahvolini muhokama qilish boʻyicha taklif BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi tomonidan rad qilinibdi.

Uygʻurlar genotsidini muhokama qilmaymiz, battar boʻlsin deb ovoz berganlar orasida Oʻzbekiston (ming afsus), Indoneziya (dunyodagi eng koʻp musulmon aholisi boʻlgan davlat), Qozogʻiston, Pokiston, Qatar, BAA bor. Qarang, shuncha musulmon davlat oʻz dindoshlariga tupurgan.

Ana endi muhokama qilaylik, ahvol chatoq deydiganlar ichida esa AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya va boshqa chirigan Geyropa mamlakatlari oʻrin olgan.

Qarang-da, kim doʻstu, kim dushman ekanini tushunish qiyin emas. Bizdagi baʼzi “ulamo”lar barcha muammolarini chirigan gʻarbdan qidiradi. Holbuki, musulmonlarning oʻzi qardoshlariga tupurib qoʻygan.

Farxod Fayzullayev
@unhealthy_thoughts