Get Mystery Box with random crypto!

#Antiqa_tanishuv Qahvaxonada kofe ichib o'tirgan bir yigit qo | umrningbirlahzasi

#Antiqa_tanishuv

Qahvaxonada kofe ichib o'tirgan bir yigit qo'shni stolda o'tirgan go'zal qizni ko'rib qoldi. Nihoyat, u bilan tanishishga qaror qildi:

— YAxshi qiz, yoningizda o'tirsam maylimi?

Qiz o'z-o'zidan qichqirib yubordi:

— Men fohisha emasman, siz bilan borish niyatim yo'q!

Odamlar o'girilib, nafrat bilan yigitga qaray boshlashdi. Yigit qip-qizarib, joyiga qaytib o'tirdi. SHu payt uning yoniga o'sha bag'ritosh qiz kelib, xijolat aralash kulimsiradi:

— Meni kechiring, iltimos. Men ruxshunosman. «Insonlar kutilmagan vaziyatlarda» mavzusida dissertasiya yozayotgandim.

Yigit to'satdan kafeni boshiga ko'tarib baqirib yubordi:

— Nima?! Ikki yuz dollar?!

Qiz shu zahoti uyalganidan ko'chaga qochib chiqib ketdi. Yigit bamaylixotir narsalarini yig'ishtirib, ko'chada unga yetib oldi:

— Tanishganimdan xursandman. Men huquqshunosman va odamlarning o'zlarini aybdor qilib qo'yishni yaxshi ko'raman...


@umrningbirlahzasi