Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum. Yakshanba tongi muborak boʻlsin. Har ton | 💐UMR YO'LLARI💐

Assalomu alaykum. Yakshanba tongi muborak boʻlsin.

Har tong shunday diydorlashaylik,
"Omonmisiz, qadrdonim" deng... !!!
Opam, singlim, akajonlarim
Koʻnglingizni bir dam qoʻying keng.

Tanishmisiz yoki notanish, Oʻzingizga qadrdon biling.
Boʻlsa hamki, ming oʻy, ming tashvish,
Uchrashganda tabassum qiling.

Men-chi, sizni bagʻrimga bosib, Mehrim bilan gullarga oʻray.
Yaxshi kunlar etsin-da nasib, Sizni doim baxtiyor koʻray.

Qondoshginam, qilmangiz unut, Dunyo bir kam, ishi chigal-ku,
Bugun meni koʻrdingiz xushnud, Ertaga men boʻlmasman balki.

Yillar oʻtar, oʻtar charx urib,
Daryo kabi oqadi fursat.
Har tong qoʻlni qoʻllarga berib, Omonlashmoq oʻzi gʻanimat.

Har tong shunday diydorlashaylik, Omonmisiz, qadrdonim deng!!


𝒀𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊𝒍𝒊𝒌 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏 𝒚𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒉𝒂𝒎 𝒖𝒍𝒂𝒔𝒉𝒊𝒏𝒈

┄┄┅┅✿ ❀ ❀ ✿┅┅┄┄
Каналга уланиш учун:
@UmR_YoLLaRiGa_SaYoHaT